AsosiyDunyo

​MONGOLIYaNING YaNGI PREZIDENTI VAZIFASINI ADO ETIShGA KIRIShDI

'​MONGOLIYaNING YaNGI PREZIDENTI VAZIFASINI ADO ETIShGA KIRIShDI'ning rasmi

Xaltmaagiyn Battulga dushanba kundan boshlab, Mongoliya prezidenti vazifasini ado etishga kirishdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Mongoliya Davlat qarorgohida bo`lib o`tgan tantanali inaugurasiya marosimida deputatlar, Konstitusion sud rahbari, 2017 yilgi prezident saylovida qatnashgan boshqa nomzodlar, chet ellik diplomatlar ishtirok etishdi. Yangi prezident o`z nutqida tashqi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, Xitoy va Rossiya bilan barcha sohalarda hamkorlikni yo`lga qo`yishga va`da berdi.

Parlamentda ozchilikni tashkil etuvchi demokratik partiya tomonidan nomzodi qo`yilgan Xaltmaagiyn Battulga 7 iyul kuni o`tkazilgan Mongoliya prezidentligiga saylovda g`alaba qozondi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, u 50,6 % ovozga ega bo`lgan. Saylovda 60,9 % saylovchi qatnashgan.

Boshqa yangiliklar