AsosiySport

Rasman: O`zbekistonlik futbolchi faoliyatini Evropada davom ettiradi

'Rasman: O`zbekistonlik futbolchi faoliyatini Evropada davom ettiradi'ning rasmi

2017 yilgi mavsumni Eronning “Mashinasozi” jamoasida o`tkazgan o`zbekistonlik yarim himoyachi Aziz Ibragimov o`z faoliyatini Latviyada davom ettiradi. 30 yoshli futbolchi Yurmala shahri sharafini himoya qilayotgan “Spartak” jamoasin bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar berdi.

2007 yilda tashkil etilgan “Spartak” klubi o`tgan mavsumda o`z tarixida birinchi marta Latviya chempioni bo`ldi va Evropa Chempionlar Ligasi saralashida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritdi. “Spartak” EChLdagi ishtirokini 2-saralash bosqichidan boshlaydi.

Ma`lumot uchun, Aziz Ibragimov faoliyati davomida “Traktor” (2004–2005), “Sho`rtan” (2005), “Mash`al” (2006), “Slovan Bratislava” (Slovakiya, 2007–2008), “Bogemians 1905” (Chexiya, 2008–2011), “Sindao Jonun” (Xitoy, 2011–2012), “Banik Most” (Chexiya, 2013), “Cheske Budeyovise” (Chexiya, 2013), “Bogemians Praga” (Chexiya, 2013–2014), “Andijon” (2014), “Dinamo” Samarqand (2015), “Buxoro” (2015–2016) va “Mashinasozi” (Eron, 2017) klublarida to`p surgan.

Shuningdek, tajribali futbolchi 2007–2011 yillar davomida O`zbekiston terma jamoasi safida to`p surib, 17 uchrashuvda 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan.

Boshqa yangiliklar