“Barselona” klubi hujumchisi Munir El-Xaddadi o`z faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin, deya yozadi L’Equipe nashri.
Manbaning ta`kidlashicha, 21 yoshli futbolchiga Fransiyaning ikki grandii – “Marsel” va “Lion” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda va futbolchini o`z safiga qo`shib olish uchun taklif tayyorlamoqda. Jamoalar futbolchi uchun 10 million evrodan voz kechishga tayyor.
Qayd eitsh kerakki, Munir El-Xaddadi o`tgan mavsumni “Valensiya”da ijara asosida o`tkazgan. El-Xaddadining “Barselona” bilan shartnomasi 2019 yilgacha mo`ljallangan.






