Yaqindagina ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Pazos Mendez O`zbekistondagi faoliyatini tugatgan edi va futzal bo`yicha milliy terma jamoa murabbiysiz qolgandi.
O`FA matbuot xizmatining xabar berishicha, janob Mendezdan keyin futzal bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasiga Bahodir Ahmedov bosh murabbiy etib tayinlandi. Unga sobiq futzalchi Nodir Eliboev yordamchilik qiladi.
Eslatib o`tamiz, Bahodir Ahmedov terma jamoani bundan oldin ham boshqargan. Vakillarimiz 2014 yil Vetnamda o`tkazilgan Osiyo chempionatida aynan Ahmedov boshchiligida bronza medallarini qo`lga kiritishgan.






