AsosiySport

FIFA reytingi: O`zbekiston terma jamoasi 65-o`rindan joy oldi

'FIFA reytingi: O`zbekiston terma jamoasi 65-o`rindan joy oldi 'ning rasmi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) tashkilotga a`zo terma jamoalarning yangilangan reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi 579 ochko bilan 65-o`rindan joy oldi.

Terma jamoa avvalgi ko`rsatkichga nisbatan 3 pog`ona pastladi. Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo mamlakatlar orasida O`zbekiston termasi hamon 6-o`rinni egallab turibdi. Eron terma jamoasi ochkolari sonini 893 taga etkazib, Osiyoda peshqadamlikni mustahkamladi.

Avstraliya terma jamoasi Janubiy Koreyani to`rtinchi o`ringa tushirib, ikkinchi o`ringa ko`tarilib oldi. Kuchli uchlikka Yaponiya yakun yasadi.

1 (23). Eron – 893 ochko;

2 (45). Avstraliya – 689 ochko;

3 (46). Yaponiya – 684 ochko;

4 (48). Janubiy Koreya – 662 ochko;

5 (61). Saudiya Arabistoni – 601 ochko;

6 (62). O`zbekiston – 579 ochko;

7 (75). BAA– 459 ochko.

8 (77). Xitoy – 441 ochko

9 (79). Qatar – 435 ochko;

10 (88). Suriya –423 ochko.

FIFA reytingida peshqadam o`zgardi. Germaniya 1609 ochko bilan etakchilikni qo`lga oldi. Braziliya 1603 ochko ikkinchi o`rinda borayotgan bo`lsa, Argentina (1413 ochko) kuchlik uchlikka yakun yasab berdi. Jadvalda 4–10-o`rinlarni tegishli ravishda Portugaliya, Shveysariya, Polsha, Chili, Kolumbiya, Fransiya va Belgiya terma jamoalari egallagan.

Boshqa yangiliklar