AsosiyJamiyat

​2017 yilning oxirigacha Ashxobod-Toshkent-Ashxobod yo`nalishida parvozlar yo`lga qo`yiladi

'​2017 yilning oxirigacha Ashxobod-Toshkent-Ashxobod yo`nalishida parvozlar yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

28 va 30 iyun kunlari Toshkentda “O`zbekiston havo yo`llari” MAK va “Turkmaniston” aviakompaniyasi vakillarining turkman aviatashuvchisi tomonidan O`zbekistonga parvozlarni bajarish masalalari yuzasidan uchrashuvi bo`lib o`tdi, deya xabar beradi Milliy aviakompaniya axborot xizmati.

Uchrashuv O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning shu yilning 20 mayida Turkmanistonga tashrifi chog`ida imzolangan “O`zbekiston havo yo`llari” MAK va “Turkmaniston” aviakompaniyasi o`rtasida hamkorlik memorandumini bajarish doirasida tashkil etildi.

Muzokaralar chog`ida turkman aviatashuvchisi tomonidan Ashxobod-Toshkent-Ashxobod yo`nalishi bo`yicha parvozlarni bajarish masalalari muhokama qilindi.

Taraflar Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Turkmaniston aviakompaniyasi havo kemalariga xizmat ko`rsatish va sahn ovqatlari bilan ta`minlash to`g`risidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek o`zaro tashuv hujjatlarini tan olish va har ikkala aviatashuvchiga hamkor qatnovlariga aviachiptalar sotish huquqini berishni ko`zda tutuvchi Interlayn tijorat kelishuvining loyihasi ko`rib chiqildi.

Turkman aviatashuvchisi 2017 yilning oxirigacha Ashxobod-Toshkent-Ashxobod yo`nalishi bo`yicha parvozlarni bajarishni boshlashni mo`ljal qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar