Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy ta`lim muassasalarida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi mas`ul xodimlari ishtirokida 2017 yilning 5 iyulida test sinovlari o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Sinovlar vazirlik tasarrufidagi Qurolli Kuchlar akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo`mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jizzax oliy harbiy aviasiya bilim yurti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetida bo`lib o`tdi. Unda 7800 dan ziyod mamlakatimiz yoshlari ishtirok etdi.
O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 16 iyundagi
209-sonli Qaroriga muvofiq oliy harbiy ta`lim muassasalariga kursantlar qabul qilishning yangi muddatlari belgilangani bu borada tashlangan navbatdagi muhim qadamlardan biri bo`ldi. Mazkur hujjatga muvofiq endi oliy harbiy ta`lim muassasalariga o`qishga kirishga nomzod abiturientlarning har yilgi test sinovlari
5 iyulda o`tkazilib, kursantlikka qabul qilinganlar 10 iyulda e`lon qilinadi.
O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 16 iyundagi
Qaroriga muvofiq endi oliy harbiy ta`lim muassasalariga o`qishga kirishga nomzod abiturientlarning har yilgi test sinovlari 5 iyulda o`tkazilib, kursantlikka qabul qilinganlar 10 iyulda e`lon qilinadi.
Ta`kidlash joizki, so`nggi vaqtlarda mamlakatimizda harbiy kadrlarni tayyorlash va oliy harbiy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun nomzodlarni tanlab olish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 maydagi 320-sonli Qarori bilan Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta`lim muassasalariga o`qishga kiruvchi nomzodlarni kvotaga muvofiq taqsimlashni o`z ichiga oluvchi yagona tanlov tizimi joriy qilindi. Bu tizim, test sinovlari natijalari bo`yicha eng yuqori ball to`plagan nomzodlar orasidan oliy harbiy ta`lim muassasalarini to`ldirish imkonini beradi.
Hozirgi kunda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta`lim muassasalarida 28 ta mutaxassislik bo`yicha ofiser kadrlar tayyorlanyapti. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, oliy harbiy ta`lim muassasalarida ta`lim tizimi tubdan o`zgarmoqda, ularda bo`lg`usi ofiserlarni tayyorlash va tarbiyalash hozirgi zamon talablariga to`la mos keladigan, prinsipial jihatdan mutlaqo yangi o`quv-texnik va ma`naviy-axloqiy asosda yo`lga qo`yilgan.






