AsosiySport

“Real” “MYu”ning Morata bo`yicha aqlbovar qilmas taklifini rad etdi

'“Real” “MYu”ning Morata bo`yicha aqlbovar qilmas taklifini rad etdi'ning rasmi

“Manchester Yunayted” jamoasi “Real Madrid” hujumchisi Alvaro Moratani qo`lga kiritish bo`yicha o`z harakatlarini davom ettirmoqda, biroq hozircha urinishlar samara bermayapti.

The Sun nashrining xabar berishicha, “MYu” Alvaro Morataning transferi uchun “Real”ga 80 million evro taklif qildi, ammo madridliklar uni rad etdi.

Ma`lum bo`lishicha, “Qirollik klubi” o`yinchi uchun yanada ko`proq pul talab qilmoqda. Sababi, “Monako” Kilian Mbappe uchun 100 million evrodan ortiq mablag` so`ramoqda. “Real” xarajatni qoplab uchun Moratadan ko`proq pul ishlab olmoqchi.

Avvalroq, “Real” futbolchi uchun 80 million evro talab qilayotgani va qiymatni kamaytirish niyatida emasligi ma`lum qilingandi.

Boshqa yangiliklar