AsosiyDunyo

​Kaliforniya plyajidan g`alati maxluqning jasadi topildi

'​Kaliforniya plyajidan g`alati maxluqning jasadi topildi'ning rasmi

Kaliforniya plyaji qirg`oqlaridan topilgan g`alati maxluqning jasadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bosh qotirishiga sabab bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Maxluqning boshi, og`zi, ko`zi va suzg`ichlari yo`q. Surat muallifining so`zlariga qaraganda, maxluqning bo`yi 13 santimetr bo`lib, og`irligi 3,2 kilogrammni tashkil etadi. Muallif foydalanuvchilardan bu qanday hayvon ekanligini so`ragan. Uning savoliga javob bergan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari noma`lum jonzotni o`lik dengiz quyoni, ulkan shilliqurt, deb atagan. Mutaxassislar ham Malibu plyajidan topilgan mazkur jonzotning jasadi qaysi hayvonga tegishli ekanligiga javob topa olmadi.

Boshqa yangiliklar