Ispaniyaning “Malaga” klubi darvozaboni Kardos Kameni Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi a`zosiga o`tdi. Bu haqda “Malaga” rasmiy sayti ma`lum qildi, deb yozadi Sports.uz.
Ma`lum bo`lishicha, kamerunlik darvozabon Istanbul tomon yo`l oldi va u erda so`nggi hujjatlarni imzolaydi. Darvozabonning taqdimot marosimi shartnoma imzolanganidan bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, bir necha kun avval “Fenerbaxche” jamoasi “Lion”dan Matyo Valbuenani o`z safiga qo`shib olgandi.
Qayd etish kerakki, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Malaga”ga qarshi o`yinlarda Karlos Idriss Kameni darvozasiga gol urishga doim qiynalgan.






