AsosiySport

Shavkat Mirziyoev O`FF prezidenti Mirabror Usmonovni “Do`stlik” ordeni bilan mukofotladi

'Shavkat Mirziyoev O`FF prezidenti Mirabror Usmonovni “Do`stlik” ordeni bilan mukofotladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kecha, 4 iyul kuni 70 yillik yubileyini nishonlagan O`zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonovni “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlash to`g`risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

“Davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlaridagi ko`p yillik samarali va fidokorona mehnati, ibratli ijtimoiy faoliyati bilan Vatanimiz mustaqilligini, uning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro`-e`tiborini yuksaltirish, yosh avlodni jismoniy va ma`naviy etuk insonlar etib tarbiyalash ishiga qo`shgan katta hissasi uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo`mitasi raisining o`rinbosari Mirabror Zufarovich Usmonov “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlansin”, – deyiladi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 iyuldagi №PF-5101 farmonida.

Mirabror Usmonov, shuningdek, “Mehnat shuhrati” (1995), “Fidokorona xizmatlari uchun” (2007), “El-yurt hurmati” (2011) ordenlari hamda “O`zbekiston mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni sohibi sanaladi. Bundan tashqari, Mirabror Zufarovich Osiyo Olimpiya kengashining “Oltin ordeni” va FIFAning “Xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Boshqa yangiliklar