AsosiySport

O`zbekistonlik hakamlar OChL chorak finalida ishlaydi

'O`zbekistonlik hakamlar OChL chorak finalida ishlaydi'ning rasmi

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) OChL–2017 chorak final dastlabki o`yinlaridan biri — “Shanxay SIPG” (Xitoy) va “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) klublari o`rtasidagi uchrashuvga rasmiylarni tayinladi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

Mazkur o`yinda o`zbekistonlik referilardan Ilgiz Tantashev darvoza ortidagi hakam vazifasini bajarsa, Ruslan Serazitdinov zaxira hakami bo`lib ishlaydi. Quyida uchrashuvning barcha rasmiylari bilan tanishing.

Bosh hakam: Navaf Abdulla (Bahrayn);

Qanot hakamlari: Yosir Halil Ibrohim Abdulla va Ibrohim Muborak Sabt (ikkisi ham Bahrayn);

Darvoza ortidagi hakamlar: Ali Hasan Ibrohim Abdulnabi (Bahrayn), Ilgiz Tantashev (O`zbekiston);

Zaxira hakami: Ruslan Serazitdinov (O`zbekiston);

Hakamlar nazoratchisi: Chyong Yim Yau (Gonkong);

Uchrashuv komissari: Talal Muhammad Ali (Iordaniya).

Avvalroq O`zbekiston Birinchiligida darvoza ortidagi hakamlar sinovdan o`tkazilgani, Ilgiz Tantashev aynan darvoza ortidagi referi bo`lib ishlagani haqida xabar berilgandi.

Ma`lumot uchun, “Shanxay SIPG” – “Guanchjou Evergrand” uchrashuvi 22 avgust kuni Shanxay shahrida bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar