Madridning “Atletiko” jamoasi hujumchisi Kevin Gameyro jarrohlik amaliyotini o`tkazdi. Bu haqda 90min portali xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, fransiyalik futbolchining choti operasiya qilindi. 30 yoshli hujumchi bir necha oy davomida og`riqlar bilan yurgandi va klub shifokorlari jarrohlik amaliyoti zarur ekanini ta`kidlab, operasiya qildi.
Kevin Gameyroning operasiyadan keyin tiklanishi uchun kamida 2 oy zarur bo`ladi. Katta ehtimol bilan u La Liga boshlanishini o`tkazib yuboradi.
Ma`lumot uchun, o`tgan mavsumda Gameyro “Atletiko”ning barcha musobaqalarida 45 o`yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.






