Davralar oralig`ida o`z tarkibini keskin kuchaytirishni maqsad qilayotgan "Paxtakor" "Bunyodkor"ning ikki nafar futbolchiga qiziqmoqda, deb yozadi CA.
Ma`lumotlarga ko`ra, "Bunyodkor" hujumchisi Eldor Shomurodov va "Metallurg"da harakat qilayotgan himoyachi Islom Qobilovni "Paxtakor" o`z tarkibiga jalb etmoqchi.
Bilasiz, Islom Qobilov ham huquqiy jihatdan "Bunyodkor"ga tegishli va bekobodliklar safida ayni paytda ijarada to`p tepmoqda.
"Bunyodkor" – "Lokomotiv" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "qaldirg`ochlar" ustozi Mirjalol Qosimov o`z etakchilarini "Paxtakor"ga qo`yib yubormoqchi emasligini ta`kidlab o`tgandi.






