Bugun Rossiyada o`tayotgan Konfederasiyalar kubogi-2017 turnirida guruh bosqichi o`yinlari yakuniga etdi va yarim finalchilar nomi ma`lum bo`ldi.
"A" guruhi g`olibi bo`lgan Portugaliya yarim finalda Chili bilan, "B" guruhida birinchi o`rinni egallagan Germaniya esa Meksika bilan ro`baro` keladigan bo`ldi.

Portugaliyaning o`yini 28 iyunda Qozon shahrida, Germaniya esa 29 iyun kuni Sochi shahridagi “Fisht” stadionida final yo`llanmasi uchun kurash olib boradi.






