Konfederasiyalar Kubogi–2017 musobaqasi “B” guruhi 2-turida Evropa chempioni Germaniya terma jamoasi Janubiy Amerika chempioni Chili bilan kuch sinashdi.
Anchagina qiziqarli, kurashlarga boy va ehtirosli o`yinda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. 6-daqiqada Aleksis Sanches hisobni ochdi.
41-daqiqada esa Shtindl hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. O`yinda boshqa gollar kiritilmadi.
Germaniya – Chili 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 6 Sanches, 1:1 – 41 Shtindl.
Germaniya – ter Stegen, Mustafi, Xektor, Zyule, Ginter, Draksler, Kimmix, Djan, Goretska, Rudi, Shtindl.
Chili – Errera, Isla, Bosejur, Xara, Vidal, Ernandes, Vargas (Rodriges, 82), Arangis (Silva, 90), Sanches, Dias, Medel (Dias, 71).
Ogohlantirishlar: Shtindl (20), Rudi (60), Sanches (64), Bosejur (79).






