Moskva hayvonot bog`ida 90 kilogrammli filcha dunyoga keldi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.
Filchaning ota-onasi Osiyo fillaridir. Filcha ancha kuchga kirib qoldi, hozircha unga laqab qo`yilmadi. Uning otasi Pamir (37 yosh), onasi Pipita (36 yosh)lar 1985 yilda hayvonot bog`iga keltirilgan. Filchaning 8 yoshli Kiprida laqabli opasi ham bor. Hozirda filcha asosiy vaqtini onasi bilan birgalikda o`tkazmoqda. Ona fil har yarim soatda bolasini oziqlantiradi. Yaqin kunlarda ona fil o`simliklarni maydalab, bolasining og`ziga tutadigan bo`ladi.






