Xitoy qo`riqxonasida it onasi voz kechgan to`rt nafar yo`lbars bolasini o`z qaramog`iga oldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Yo`lbars bolalari o`tgan haftada tug`ilgan bo`lib, onasi ularni emizishdan bosh tortdi. Yo`lbars bolalari och qolmasligi uchun qo`riqxona xodimlari ularni yaqinda bolalagan it qaramog`iga berishdi. It ularni mas`uliyat bilan parvarishlay boshladi, kuchuk bolalariga tegishli bo`lgan sutini yo`lbars bolalari bilan birga baham ko`rdi. Shunisi diqqatga sazovorki, har to`rtala yo`lbars bolasi oq va oltin rang arashmasidan iborat tusga ega. Yovvoyi tabiat bag`rida bunday yo`lbarslarni uchratish mushkul.






