Shu yilning 13–17 iyul kunlari Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-15 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu turnirda O`zbekiston o`smirlar termasidan tashqari Xitoy, Chexiya va Yaponiya U-15 terma jamoalari qatnashadi.
Mazkur musobaqa O`zbekiston o`smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi.






