Tojikistonning Dushanbe shahrida 11 kishi attraksiondan yiqilib, tan jarohati oldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Tojikiston respublikasi IIVning bergan ma`lumotiga ko`ra, fojia 13 iyun kuni sodir bo`lgan. Mamlakatning markaziy stadionida bo`lib o`tgan Tojikiston-Filippin futbol matchini tomosha qilgan yosh yigitlar matchdan keyin attraksionda uchish uchun istirohat bog`iga kirgan. “Qayiq” nomli attraksionga bir paytda 24 kishining birvarakayiga o`tirishi oqibatida attraksion og`irlikni ko`tara olmay, ag`darilib ketgan.
Ismoil Somoniy nomli poytaxt tuman prokuraturasi voqea yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgani, aybdorlarga qonuniniy chora ko`rilishi haqida xabar berdi. Ayni paytda jabrlangan 11 yigit kasalxonaga yotqizilgan. Istirohat bog`i ma`muriyati mazkur attraksion 20 kun ilgari Xitoydan keltirilib, o`rnatilgani haqida ma`lumot berdi.






