AsosiyJamiyat

​“Boeing” korporasiyasi O`zbekiston Milliy aviakompaniyasini mukofotladi

'​“Boeing” korporasiyasi O`zbekiston Milliy aviakompaniyasini mukofotladi'ning rasmi

“Boeing” korporasiyasi “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasini Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini muvaffaqiyatli, halokatsiz ekspluatasiya qilgani uchun mukofotladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Milliy aviakompaniyasi Boeing 787 Dreamliner samolyotlar yangi avlodini o`tgan yilning sentyabrida ekspluatasiya qila boshladi. Bugun «orzu layneri»da Dubay, Dehli, Amritsar, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapurga muvaffaqiyatli parvozlar amalga oshirilmoqda.

27 iyul kuni tarixda ilk bor «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi Boeing 787 Dreamliner samolyotida Toshkentdan Nyu-Yorkka qo`nishsiz reys amalga oshiriladi.

Ta`kidlash joizki, 2016 yilda «O`zbekiston havo yo`llari» va «Boing» korporasiyasi hamkorliklarining 20 yillik yubileyini nishonlashdi.

    Boshqa yangiliklar