Ekin tadqiqotchi reks Bann va Yangi Zelandiya Milliy kutubxonasi xodimi Sasha Xoldenlar dunyoning sakkizinchi mo``jizasi qaerda joylashganini aniqladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Bann va Xolden dunyoning skkizinchi mo``jizasi Shimoliy oroldagi Rotomaxan ko`lidan 9-15 metr quyida joylashgan, degan xulosaga kelishdi. Ular Otukapuarangidagi Pushti va Oq terassalarni o`rganishga kirishishdi. Tadqiqotchilar xaritashunos Ferdinand fon Xoshteterrning 1859 yilda yozgan kundaligini, shu bilan birga 1886 yilda Otukapuarangini halokatga olib kelgan voqealarni qayta ko`rib chiqishdi. Dunyoning sakkizinchi mo``jizasi 1886 yilda vulqon otilishi oqibatida vayron bo`lgan.






