Braziliyaning “Fluminense” jamoasi himoyachisi Marlon “Barselona” bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati ma`lum qildi.
Yakunlangan mavsumda ijara asosida kataloniyaliklar safida to`p surgan Marlonni “ko`k-anor-ranglilar” sotib olish huquqiga ega edilar. Marlon La ligada 3 ta, EChLda 1 ta o`yinda ishtirok etishga muvaffaq bo`lgani.
Braziliyalik iqtidorli futbolchi asosan yoshlar jamoasi safida to`p surdi.






