AsosiyDunyo

​Muammar Qaddafiy olti yillik asirlikdan keyin ozod etildi

'​Muammar Qaddafiy olti yillik asirlikdan keyin ozod etildi'ning rasmi

Sobiq Liviya rahbarining o`g`li Muammar Qaddafiy Seyf al-Islom Qaddafiy ozodlikkka chiqdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

U Liviyaning “Abu Bakr as-Siddiq” qurolli guruhi tomonidan Zintan shahridagi qamoqxonalardan birida saqlangan. Qaddafiy 2011 yilning noyabr oyida qo`shni Nigeriya chegarasida asirga tushgan edi. Guruh uning ozod etilishiga Liviya parlamenti tomonidan e`lon qilingan amnistiya sabab bo`lganligini bayon qildi. 2015 yilning yozida Tripoli sudi uni “Liviya xalqiga qarshi jinoyat” qilganlikda ayblab, sirtdan o`lim jazosini tayinlagan edi. Shu bilan birga Xalqaro jinoiy ishlar sudi ham Qaddafiyni “Insoniyatga qarshi jinoyat” qilishda ayblab, Gaagada sud qilishni rejalashtirib, Liviya hukumatidan Qaddafiyni ularga topshirish haqida so`rovnoma yuborgan. Ammo Liviya hukumati Xalqaro jinoiiy ishlar sudining bu so`rovnomasini rad etib, agar Qaddafiyni sud qilish kerak bo`lsa, sud jarayonini Liviyada o`tkazishni talab qildi. Seyf al-Islom 2011 yilda Benhozi shahrida isyonkorlar tomonidan o`ldirilgan otasining davomchisi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar