Yaponiyalik kelin-kuyov hamma qatori yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarda rasmga tushishni istamadi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Yaponiyalik kelin-kuyov ortlaridagi portlash jarayonida to`y fotosessiyasini o`tkazishdi. Pirotexnik vositalar portlab, olov sachraganda ham kelin-kuyov qilt etmay, xotirjam ravishda suratga tushishda davom etdi.
Portlash Totigi shahridagi tashlandiq kon oldida uyushtirildi. Portlashni tashkil etishda yoshlarga tadbirlarni uyushtirish bilan shug`ullanuvchi mahalliy Cosnavi kompaniyasi yordam berdi.
S`yomka ishlariga qimmatbaho texnik uskunalarga ega bo`lgan o`nlab xodimlar jalb etildi. Maydonda alohida oziq-ovqat ortilgan yuk mashinasi ham bor edi. Mazkur juftlik 2015 yilda turmush qurganiga qaramay, noodatiy fotosessiyani endi amalga oshirdi. Ular ushbu fotossessiyani to`ylari bo`lgan kun munosabati yoki ajrashish tufayli ham amalga oshirgan bo`lishlari mumkin.






