AsosiyDunyo

​Omsk kuchli shamoldan keyin suvga g`arq bo`ldi

'​Omsk kuchli shamoldan keyin suvga g`arq bo`ldi'ning rasmi

Yuzlab kommunalchilar va FVV xodimlari Omsk shahridagi kuch yog`ingarchilik oqibatlariga qarshi kurash olib bormoqda, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Bedana tuxumidek keladigan do`l devor suvoqlarini ko`chirib, avtomashina oynalarini sindirdi. Shahar to`g`ri ma`noda suv ostiga g`arq bo`ldi.

Shahar ko`chalarini bir necha daqiqada suv bosdi. Ba`zi bir joylarda avtomobillar suvda suzdi. Shahar transporti harakatdan to`xtadi. Kuchli yog`ingarchilikka qaramay, yo`nalishga chiqqan avtobuslar o`chib qolmaslik uchun bekatlarda to`xtamadi. To`xtab, o`chib qolgan avtomashinalarga piyodalar yordamga shoshildi. Shaharliklar yog`ingarchilikdan shikoyat qilib, noqulay ob-havodan hech kim ogohlantirmaganligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar