Mario Gomes “Volfsburg” jamoasi bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Bild nashri ma`lum qildi.
31 yoshli tajribali hujumchi yana bir mavsum “bo`rilar” safida to`p suradigan bo`ldi. Ya`ni kelishuv muddati 2018 yil yozida tugaydi.
2016/17 yilgi mavsumda Mario Gomes “Volfsburg” ishtirokidagi barcha musobaqalarda 37 o`yinda maydonga tushib, 18 gol va 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan.






