Shu yilning 4 iyun kuni O`zbekiston Birinchi ligasi 13-turida «Surxon» jamoasi Termizda «Andijon» klubini qabul qilib, 2:2 hisobida durang o`ynagan edi.
Uchrashuvning 90+4-daqiqasida har ikki jamoaning 4 nafardan futbolchisi, shuningdek, «Surxon» shifokori maydondan chetlatilgandi. PFL Reglamenti (Tartib-intizom kodeksi 5-modda, 2-bo`lim, 5.40 bandi hamda 5-modda, 4-bo`lim, 5.37 bandi)ni buzgani uchun «Surxon» va «Andijon» futbol klublari jarimaga tortildi.
Mazkur holat Rossiya OAV e`tiborini tortdi. Rossiya 24 informasion dasturida ushbu o`yindagi janjal haqida ma`lumot berildi va videosi ko`rsatildi.






