Sibirliklar Xitoy maxsus xizmati xodimlariga yovvoyi tabiat qo`ynida tirik qolish sir-sinoatlarini o`rgatmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Xitoylik mehmonlar Krasnoyar o`lkasi va Tuva chegarasidagi kimsasiz taygaga joylashtirildi.
“Ergaki” mashq markazida har yili yuzlab rossiyalik harbiylar maxsus tayyorgarlikdan o`tadi. Ikki yil ilgari Mudofaa vazirligiga mahalliy aholi ariza bilan murojaat qilib, iztoparlar va ovchilar ham instruktorlarga aylandi. Ular Xitoy delegasiyasiga ota-bobolaridan o`rgangan — joyni aniqlash, daryo va g`orlardan sog`-salomat o`tish, olov yoqish, suv, oziq-ovqat mahsulotlarini topish, shu bilan birga yotoqjoy tayyorlash, birinchi tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha o`z mahorat va tajribalarini namoyish qilishdi. Xitoylik harbiylarga ayniqsa baliq tutish sirlari juda yoqdi. Ular oddiy arqon yordamida daryodan bir nechta ulkan elimbaliqni ovlashga muvaffaq bo`lishdi.






