O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Xitoy terma jamoasi bugun, 7 iyun kuni Filippinga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi.
Gollarga boy kechgan bellashuvda xitoyliklar 8:1 hisobidagi yirik g`alabaga erishdi. Avvalroq Avvalroq saralash bosqichi “A” guruhi ishtirokchilaridan Suriya terma jamoasi Yaponiya bilan (1:1), Qatar futbolchilari KXDR bilan (2:2) durang o`ynagani, Eron termasi esa Chernogoriyani 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratgani haqida xabar berilgandi. Yuqoridagi barcha o`yinlar JCh–2018 “A” guruhi 8-turiga tayyorgarlik vazifasini o`tadi.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston terma jamoasi saralash bosqichi 9-turida safarda Xitoy mehmoni bo`ladi. Mazkur o`yin 31 avgust kuniga belgilangan.
Eslatib o`tamiz, JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo`lsa, 13 ochko jamg`argan Janubiy Koreya ikkinchi pog`onada bormoqda. O`zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan uchinchi o`rinni band qilgan. 4–6 o`rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar (4 ochko) termalari egallagan.






