Plyaj futboli bo`yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e`lon qilindi. Unga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi 169 ochko bilan jahon reytingida 60-pog`onaga ko`tarildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi.
O`zbekiston termasi avvalgi ko`rsatkichga nisbatan 2 pog`ona yuqoriladi. Osiyo mintaqasi terma jamoalari orasida milliy terma jamoa 12-o`rindan 11-pog`onaga chiqib oldi. OFKga a`zo mamlakatlar reytingida Eron termasi 3209 ochko bilan etakchilik qilayotgan bo`lsa, Yaponiya (1764) va BAA (1425) kuchli uchlikka kirdi.
OFKga a`zo mamlakatlar reytingining dastlabki 15 pog`onasi quyidagicha ko`rinish olgan:
1 (3). Eron – 3209 ochko
2 (9). Yaponiya – 1764 ochko
3 (10). BAA – 1425 ochko
4 (16). Ummon – 1086 ochko
5 (23). Livan – 736 ochko
6 (35). Tailand – 458 ochko
7 (41). Xitoy – 375 ochko
8 (45). Bahrayn – 311 ochko
9 (46). Vetnam – 296 ochko
10 (52). Afg`oniston – 235 ochko
11 (60). O`zbekiston – 169 ochko
12 (61). Qatar – 160 ochko
13 (70). Malayziya – 102 ochko
14 (78). Iroq – 86 ochko
15 (83). Laos – 76 ochko
Izoh: Qavs ichida terma jamoalarning dunyo reytingidagi o`rni ko`rsatilgan
Plyaj futboli bo`yicha jahon reytingi peshqadami o`zgardi. Anchadan buyon birinchi o`rinda borayotgan Portugaliya o`z o`rnini 4658 ochkoga ega bo`lgan Braziliyaga bo`shatib berdi. Portugaliya 3855 ochko bilan ikkinchi o`rinda borayotgan bo`lsa, Osiyo peshqadami Eron dunyo reytingida kuchli uchlikka kirdi va Rossiyani (3204) to`rtinchi o`ringa pastlashiga sababchi bo`ldi.
Ma`lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil iyun oyidan 2017 yil may oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.






