"Barselona" jamoasi hujumchisi Lionel Messi 30 iyun kuni o`zi tug`ilib o`sgan Rosario shahrida uzoq yillik yo`ldoshi Antonella Rukussoga uylanadi.
Messi to`yga barcha jamoadoshlarini chaqirdi, ammo ularning hammasi ham marosimda ishtirok eta olmaydi. So`nggi mavsum klubda ishlagan barcha mutaxassislar ham taklif qilindi. Messi jamoa sobiq ustozi Luis Enrike va klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu boshchiligidagi rahbariyatini to`yiga chaqirmadi, deb yozadi CA.
Luis Enrike 2014 yil "Barselona" ustoziga aylanganida, u va Messi o`rtasida muammolar bo`lgan. Keyinroq ularning munosabatlari o`z joyiga tushib ketgan.






