Fransiya vise-chempioni PSJ jamoasi rahbariyati “Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges uchun kurashga qo`shildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, parijliklar vakillari Kolumbiya terma jamoasi a`zosining agenti bilan Kardiffda, klubning EChL finalidan oldin uchrashib, transfer borasida muzokaralar o`tkazgan.
Xamesaning agenti mijozining transfer qiymati 75 million evro ekanini va undan arzonga sotilmasligini ma`lum qilgan. Ayni vaqtda kolumbiyalik iqtidorli futbolchiga “Manchester Yunayted”, “Bavariya” va “Inter” klublari qiziqish bildirmoqda.






