AsosiyJamiyat

​Markaziy bankka yangi rahbar tayinlandi

'​Markaziy bankka yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

2017 yil 6 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo`lib o`tdi.

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisini tayinlash to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi.

Senat Kengashining qaroriga muvofiq Mamarizo Berdimuratovich Nurmuratov O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Oliy Majlis Senati Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo`mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Mamarizo Nurmuratov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan tayinladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Fayzulla Maqsudjonovich Mullajonov shu yil 23 may kuni 67 yoshida to`satdan vafot etdi.

Boshqa yangiliklar