Shu kunlarda bir qator mamlakatlarda FIFA kunlari munosabati bilan terma jamoalar ishtirokida o`rtoqlik o`yinlari o`tkazilmoqda.
Jumladan, Evropa mintaqasida Daniya terma jamoasi kecha o`z uyida amaldagi jahon chempioni hisoblangan Germaniya bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan ushbu bahs 1:1 hisobida durang qayd etildi.
Daniya – Germaniya 1:1
Gollar: 1:0 – 18 Eriksen, 1:1 – 88 Kimmix.
Yana bira o`yinda JCh–2018 yo`llanmasi uchun kurash olib borayotgan Isroil o`z maydonida Moldova terma jamoasini qabul qildi. Ushbu uchrashuv ham 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Isroil – Moldova 1:1
Gollar: 0:1 – 51 Ginsar, 1:1 – 90, Saar (penalti).






