Buyuk Britaniyaning Manchester shahri markazida ko`tarilgan janjalda bir necha odam pichoqdan yaralandi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Nashrning xabar berishicha, janjalda 20 ga yaqin odam ishtirok etgan. Mazkur voqea shaharning eng sergavjum – 02 Ritz Manchester, Gorilla va Blackdog Ballroom nomli barlarida ro`y berdi. Hozircha ommaviy xunrezlikka sabab bo`lgan janjal tafsilotlari aniqlanmoqda. Janjal ishtirokchilaridan biri suiqasd qilishda, yana biri noqonuniy qurol saqlashda ayblanib, qo`lga olindi. Pichoqbozlik oqibatida ikki nafar yigit tan jarohati oldi.
Manchester shahrida 22 may kuni sodir bo`lgan terakt oqibatida 22 kishi, shu jumladan 12 nafar bola qurbon bo`lgan edi. Teraktdan keyin Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey terroristik xavfning “og`ir” darajasini e`lon qilib, mamlakat armiyasiga xavfsizlikni ta`minlash vazifasini bergandi. Ammo oradan bir necha kun o`tgach, vazir xavfsizlik darajasini tushirgan edi.






