AsosiySport

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari bilan uchrashdi

'Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari bilan uchrashdi 'ning rasmi

O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanning tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari futbolchilarga Rio olimpiadasi va boks bo`yicha Osiyo chempionatidagi hayajonli daqiqalar, musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari, g`alaba va mag`lubiyatni to`g`ri his qilish kabi mavzularda gapirib berdilar.

Tadbirda boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Rahmatjon Ro`zioxunov ham so`zga chiqib, bokschilarning hammasi futbol muxlisi ekanligini alohida ta`kidladi va futbolchilarga hal qiluvchi o`yinlar oldidan omad va muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirda bokschilardan Shahram G`iyosov, Bektemir Meliqo`ziev, Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov va Elnur Abduraimovlar ishtirok etishdi. So`zga chiqqan Shahram G`iyosov, Isroil Madrimovlar ham futbolchilarga katta musobaqalardagi tajribalari haqida gapirib berib, O`zbekiston terma jamoasiga Eron bilan bo`lib o`tadigan hal qiluvchi o`yinda omad tiladilar.

Futbolchilar nomidan gapirgan terma jamoa sardori Odil Ahmedov ham bokschilarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, bundan keyingi musobaqalarda g`alabalar bardavom bo`lishini tiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar