AsosiySUG'DIYONA

​Lablarning yozgi parvarishi

'​Lablarning yozgi parvarishi'ning rasmi

Asalli piling

2 osh qoshiq asalga 1 osh qoshiq shakar soling. Biror daqiqaga mikroto`lqinli pechga yog`i suv bug`iga qo`ying. Aralashmani issiq holida lablaringizga surting. Barmog`ingiz bilan uqalang. So`ngra issiq suv bilan yuvib, lablaringizga balzam surting.

Mevali niqoblar

Lablarni oziqlantirib, namlantiradi, parvarishlaydi, chiroyli ko`rinishga keltiradi. Niqoblarni lablarga 10-15 daqiqaga surtib, sovuq suv bilan yuving. So`ngra parvarishlovchi krem yoki balzam surting.

Qulupnaydan

2 ta qulupnayni sanchqi yordamida ezing. 1 choy qoshiq ma`danli suv qo`shib, aralashtiring.

Qora qorag`atdan

4-5 ta mevani ezib, yarim choy qoshiqdan asal va qaymoq solib, aralashtiring.

Malinadan

4-5 ta malinani ezib, yarim choy qoshiqdan tvorog, asal va qaymoq qo`shing.

Oziqlantirish

Har kuni lablaringizga istalgan o`simlik yog`idan surting. Ular lablarni yumshatib, vitamin bilan to`yintiradi.

Massaj

Haftada 1-2 marta lablaringizni tish cho`tkasi yordamida massaj qiling. Buning uchun tish cho`tkasining yumshoq turidan foydalaning.

    Boshqa yangiliklar