AsosiyDunyo

​Omskda chaqmoq urishi oqibatida velosipedchi halok bo`ldi

'​Omskda chaqmoq urishi oqibatida velosipedchi halok bo`ldi'ning rasmi

Tergovchilar Omsk shahri yaqinida velosipedda sayr qilib yurgan 24 yoshli yigitni chaqmoq urib, halok bo`lgani yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:30da yigit velosipedda sayr qilish uchun dalaga yo`l olgan. Shu paytda kuchli chaqmoq chaqishi oqibatida uni yashin urgan. Voqea Maryanovsk tumanidagi Cheburenki qishlog`ida ro`y bergan.

Tergov qo`mitasi velosipedchi yigitning o`limi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

Boshqa yangiliklar