AsosiySUG'DIYONA

​Yozning issiq kunlarida poliz kosmetikasidan foydalaning

'​Yozning issiq kunlarida poliz kosmetikasidan foydalaning'ning rasmi
  • Petrushka terini tetiklashtiradi. Petrushka sharbati terini tez fursatda silliqlashtiruvchi niqoblar o`rnini bosadi. Yuvinish uchun juda mos vosita.
  • Selderey moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Bu ne`mat, odatda, skrablarga va tana terisi uchun mo`ljallangan vositalarga qo`shiladi.
  • Bodring terini namlantiruvchi va taranglashtiruvchi xususiyatga ega. Yog`li teri uchun niqoblar tayyorlashga mos keladi.
  • Kartoshka shishlardan xalos bo`lishda yordam beradi, yuz terisidagi teshikchalarni toraytiradi.
  • Kabachki — quruq va sho`ralangan teri uchun mo`ljallangan niqoblarbop ajoyib sabzavot.
  • Sabzi terini oziqlantiruvchi niqoblarga qo`shiladi, yaxshi namlantiradi.
  • Olcha teri teshikchalarini toraytiradi. Yog`li teri uchun mo`ljallangan vositalarga mos. Danagi bilan maydalangan olcha tabiiy skrab hisoblanadi.
  • Olma yuz rangini tiklab, ajinlarni yo`qotadi. Sutda qaynatilgan olma labingiz uchun ajoyib balzamdir.
  • Nokni skrablar va teshikchalari kengayib ketgan aralash teri uchun qo`llaniladigan vositalar tarkibiga qo`shish mumkin.

Boshqa yangiliklar