AsosiySport

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi gollarini 600 taga etkazib oldi

'Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi gollarini 600 taga etkazib oldi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 3 iyun kuni Kardiff shahrida “Yuventus” hamda “Real” jamoalari o`rtasida EChL final bahsi bo`lib o`tdi. Uchrashuv Zidan shogirdlarining 1:4 hisobidagi yirik g`alabasi bilan yakunlandi.

E`tiborlisi, shu kuni Janluiji Buffon qo`riqlayotgan darvozani ikki bor aniq nishonga olib, dubl qayd etgan Krishtianu Ronaldu o`zining professional futbolchilik faoliyatidagi gollari sonini 600 taga etkazib oldi.

Ta`kidlash kerakki, portugaliyalik futbolchi shularning 529 tasini klublar safida kiritgan bo`lsa, qolgan 71 tasini terma jamoa libosida kiritgan.

Boshqa yangiliklar