AsosiySport

“Abadiy omadsiz” futbolchi o`z an`anasiga sodiq qoldi

'“Abadiy omadsiz” futbolchi o`z an`anasiga sodiq qoldi'ning rasmi

3 iyun kuni Uels poytaxti Kardiff shahridagi “Millenium” stadionida Evropa Chempionlar ligasi finali bo`lib o`tdi. Madridning “Real” klubi Turinning “Yuventus” klubi ustidan 4:1 hisobida ustun keldi.

E`tiborlisi, “Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguain uchun kechagi finaldagi mag`lubiyat ketma-ket katta finallardagi to`rtinchi mag`lubiyat sifatida tarixda qoldi.

Iguain bungacha, JCh-2014, 2015 va 2016 yillarda o`tgan Amerika kubogi finallarida ham Argentina termasi safida mag`lubiyatga uchragan edi. Qayd etish joiz, Gonsalo bu o`yinlarda biror marta gol kiritishning uddasidan chiqa bilmagan.

Boshqa yangiliklar