AsosiyDunyo

​Turinda futbol matchidagi tiqilinch oqibatida 1500 nafar odam jabrlandi

'​Turinda futbol matchidagi tiqilinch oqibatida 1500 nafar odam jabrlandi'ning rasmi

Italiyaning Turin shahrida Chempionlar ligasi finali vaqtida mingdan ortiq kishi jabrlandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

3 iyun, shanba kuni Turinning San-Karlo maydoniga "Yuventus" – "Real" futbol matchini katta ekranda tomosha qilish uchun 20 mingdan ortiq odam yig`ilgan. “Real” tomonidan urilgan uchinchi goldan keyin olomon orasida sarosima boshlangan.

O`yin vaqtida o`zlarini xudkush-terrorchi qilib ko`rsatib, odamlarni vahimaga solmoqchi bo`lgan o`smirlarning xatti-harakatidan keyin to`polon boshlangan. Odamlar qochishga harakat qilgani bois yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida 1500 ga yaqin odam jabrlangan. Ayni vaqtda ulardan 3 kishining, shu jumladan 7 yoshli bola og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Kuzatuv kameralari videoyozuvining tahlilidan so`ng polisiya to`polon ko`tarilishiga sabab bo`lgan ikki yosh yigitni aniqladi. Ulardan biri qo`lini yuqoriga ko`tarib, qichqirgandan keyin odamlar qocha boshlagan va oqibatda tiqilinch yuzaga kelgan. Chempionlar ligasi finalida “Yuventus” 1:4 hisobida “Real”ga yutqazdi.

Boshqa yangiliklar