Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga qarshi kechgan Evropa Chempionlar ligasi finalida dubl qayd etdi va jamoasining g`alabasiga ulkan xissa qo`shdi. Shuning barobarida portugaliyalik yulduz 4 ta rekord o`rnatishga muvaffaq bo`ldi.
1. Ronaldu bugungi gollari bilan hisoblaganda, o`zining EChL(EChK inobatga olinmagan, taxririyat) finallaridagi to`rtinchi golini kiritdi va bu natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi;
2. Bugungi final Ronaldu gol urgan uchinchi final bo`ldi. Bundan oldin u 2008 va 2014 yillardagi Chempionlar ligasi finallarida ham o`z ismni tabloga yozdirib qo`yishga muvaffaq bo`lgan edi. Bu natijaga erishgan ilk futbolchi esa Ronaldu bo`ldi;
3. Ronaldu o`z faoliyatida davomida to`rtinchi bor klublar miqyosidagi eng nufuzli turnirda g`olib bo`ldi va bu borada, Inesta, Messi, Pike va Zeedorflarga tenglashib oldi. Biroq Ronaldu bu ishni ikki jamoada bajarishga muvaffaq bo`ldi;
4. Ronaldu bugungi dubli bilan to`purarlar bahsida Lionel Messidan bitta golga o`zib ketdi va ketma-ket beshinchi bor Evropa Chempionlar ligasining eng yaxshi to`purari bo`ldi. Umumiy hisobda esa mazkur musobaqada 6 bor to`purarlikni qo`lga kiritganini aytish joiz. Bunisiga Messi ham havas qilsa arziydi4
5. Bundan tashqari, Ronaldu bugun afsonaviy Buffonning darvozasini ikki bor, umumiy hisobda esa 7-bor ishg`ol etishning uddasidan chiqdi. Shu vaqtga qadar Buffon darvozasini xali hech kim buncha marta ishg`ol etmagan.






