Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Xonoboddagi "Xonobod" sanatoriyasini borib ko`rdi. Ushbu dam olish zonasi tog` yon bag`rida joylashgan.
Davlatimiz rahbari sanatoriya hududini obodonlashtirish, qurilish ishlarini oxiriga etkazib, oromgohni kelgusi yili Navro`z bayramiga foydalanishga topshirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi. Sanatoriy hududini Andijon shahri va tumanlarga ajratib berish, viloyat aholisi dam olishi uchun zamonaviy sharoit yaratish zarurligini ta`kidladi, deb yozadi O`zA.
Xonobodni har tomonlama rivojlantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalariga e`tibor qaratildi.






