O`zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda Tailand termasiga qarshi o`rtqolik o`yinida maydonga tushadi.
Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi ko`zda tutilgan. Mazkur o`rtoqlik o`yiniga chiptalar bugun, 2 iyundan “Bunyodkor” stadioni kassalarida sotuvga chiqdi. Chiptalar narxi quyidagicha belgilandi.
Oddiy sektorlar – 20 ming so`m;
CIP sektorlar – 60 ming so`m.
Eslatib o`tamiz, Tailandga qarshi o`yin O`zbekiston terma jamoasi uchun Eron bilan JCh–2018 saralash o`yinida tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Eron – O`zbekiston o`yini 12 iyun kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo`lib o`tadi.






