O`zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti ishga tushirildi.
http://www.president.uz – internet manzilida endi O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning rasmiy veb-sayti joylashadi. Bu haqda Prezidentning Feysbukdagi rasmiy sahifasida ma`lum qilindi.
Avval Prezident matbuot xizmati press-servise.uz manzili joylashgan ushbu havola orqali ham aynan Prezident saytiga kiriladi.
Mazkur saytda prezident qabul qilayotgan qaror va farmonlar hamda davlatimiz rahbari amalga oshirayotgan barcha ishlar o`rin oladi.






