AQShning Florida shtatida yashovchi oila uyning hovlisida joylashgan basseynda ikki metrlik alligatorning suzib yurganini ko`rdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Ular polisiyaga qo`ng`iroq qilib, yirtqichni basseyndan chiqarishda yordam so`radi. Huquq-tartibot idorasi xodimlari alligatorni suvdan olib chiqish aks etgan videorolikni o`zlarining Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga joylashtirdi. Mazkur rolik 2 kun mobaynida foydalanuvchilar tomonidan 300 ming marta tomosha qilindi.






