Shu yilning 1–5 iyun kunlari Toshkent shahrida O`zbekiston, Polsha, Yaponiya va Belarus o`smirlar terma jamoalari o`rtasida U-15 xalqaro turniri bo`lib o`tadi.
Shu munosabat bilan bugun, 31 may kuni O`FF anjumanlar zalida musobaqa oldidan matbuot anjumani o`tkazildi. O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi musobaqa oldidan o`z fikrlarini bildirdi.
"Toshkentdagi xalqaro turnir biz uchun Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Turnirda kim g`olib bo`lishi asosiysi emas. Muhimi musobaqada tajriba orttirish, qiziqarli va mazmunli futbol ko`rsatish.
Raqiblar haqida aytadigan bo`lsam, Yaponiya kuchli, Polsha va Belarus Evropaning etakchi jamoalari sanaladi. Tarkibimizda xalqaro maydonda o`z kuchini ko`rsata oladigan istiqbolli futbolchilar bor.
Oldindagi maqsadlar haqida aytadigan bo`lsam, saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish uchun harakat qilamiz. Futbolchilar bilan ishlashda davom etib, 2012 yilda qo`lga kiritilgan Osiyo chempioni maqomni qaytarishga harakat qilamiz", - dedi Dilshod Nuraliev.






