2016 yilning 30 may kuni Atabek Axrarbekovich Mamirbekov, Sergeli tumani hududida, fuqaro Mexroj Maxmudovning ishonchiga kirib, unga tegishli bo`lgan “Lasseti” avtoulovini aldov yo`li bilan qo`lga kiritib, keyinchalik Sherzod Shoraxmedovga avtoulovni 9000 AQSh dollariga sotib yuborgan va olgan pullarini o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Mamirbekovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya`ni o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.
Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida, Mamirbekov 2016 yil mart oyidan 2016 yil iyun oyiga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida firibgarlik yo`li bilan 53 nafar fuqarolarga tegishli bo`lgan avtoulovlarni qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning xar qanday o`xshashligi tasodifiy xarakterga ega.






